Frantsiya sport vaziri Marina Ferrari Zinedin Zidanni yuqori baholadi, uning fikricha, Zidan Frantsiya terma jamoasi uchun «ko'kdan tushgan ne'mat» bo'ladi.

«Murabbiyni tanlash — Federatsiyaning ishi, ammo shunday mutaxassis bilan ishlash imkoniyati paydo bo'lganda, bu Frantsiya terma jamoasi uchun katta imkoniyat bo'lishi kerak», — deya Marina Ferrarining so'zlarini Germaniyaning RTL telekanali keltirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Frantsiya terma jamoasi Dide Desham bilan kechgan 14 yillik davrdan so'ng yangi ustozga ega bo'ladi. Uning ushbu postdagi faoliyatining cho'qqisi 2018 yilgi Rossiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida frantsuzdar tomonidan qo'lga kiritilgan chempionlik unvoni bo'ldi.

Manba: Stadion.uz