JCh-2026 turnirining 1/16 finali doirasida Frantsiya terma jamoasi Shvetsiya milliy termasiga qarshi bahs olib boradi. Lequipe nashri jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, «uchranglilar»ning ikki nafar futbolchisi bo'lajak uchrashuvni o'tkazib yuborish xavfi ostida turibdi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, hujumchi Markus Tyuram va tayanch yarim himoyachisi N’Golo Kante maydonga tusha olmasligi mumkin. Hujumchining boldir mushaklari shikastlangan, yarim himoyachida esa tizzasi bilan bog'liq muammolar aniqlangan.

Frantsiya va Shvetsiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv chorshanba kuni, 1 iyul sanasida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 02:00 da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz