Frantsiya terma jamoasi Jahon chempionatlaridagi Raymon Domenek murabbiylik qilgan davrdagi antirekordni takrorladi. Bu haqda Stats Foot xabar bermoqda.

Joriy Jahon chempionati yarim finalidagi mag'lubiyatdan so'ng, frantsiyaliklar ikkinchi o'yindirki, o'z darvozalaridan kamida ikkita to'p o'tkazib yuborishmoqda. Ispaniyadan uchralgan 0:2 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin, bronza medali uchun kechayotgan bahsning birinchi bo'limida inglizlardan to'rtta gol qabul qilib olishdi.

Bunday salbiy seriya oxirgi marta 2010 yilda, Janubiy Afrikadagi turnirda kuzatilgandi. O'shanda jamoa Meksikaga (0:2), so'ngra turnir mezbonlariga (1:2) imkoniyatni boy bergan edi.

Manba: Stadion.uz