Frantsiya prezidenti «PSJ» — «Bavariya» o'yinida kim g'alaba qozonishini aytdi

Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Evropa Chempionlar ligasi yarim finalidan o'rin olgan «PSJ» va «Bavariya» o'rtasidagi bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Davlat rahbari garchi ichki chempionatda boshqa jamoaga xayrixoh bo'lsa-da, xalqaro maydonda Parij klubini qo'llab-quvvatlashini bildirdi.
«Men asli «Marsel» muxlisiman, ammo bugun Frantsiya sharafini «PSJ» himoya qiladi. Shunday ekan, men «PSJ»ga muxlislik qilaman! Taxminim? Menimcha, «PSJ» 3:1 hisobida g'alaba qozonadi», — deya Makronning so'zlarini keltiradi L’Équipe nashri.
Eslatib o'tamiz, 2025/2026 yilgi mavsum yarim finalining ilk uchrashuvi bugun, 28 aprel oqshomida Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo'lib o'tadi. Javob o'yini esa 6 may kuni Myunxenda o'tkaziladi. Chorak finalda parijliklar «Liverpul»ni (umumiy hisob 4:0), myunxenliklar esa Madridning «Real» klubini (6:4) musobaqadan chiqarib yuborishgan edi.