Frantsiya. “Monako” “Strasburg”ni engib, 4-o'ringa ko'tarildi

Frantsiya chempionatining 3-tur o'yinlari davom etmoqda.
“Monako” klubi o'z maydonida “Strasburg”ni qabul qilib, 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Monegasklar safida gollar Akliush, Balogun va Minamino hisobiga yozildi.
Bu natijadan so'ng “Monako” ochkolari sonini 6taga etkazib, 4-o'ringa ko'tarildi. “Strasburg” ham shuncha ochko bilan 6-pog'onada.