Frantsiya terma jamoasi 2026 yilning bahorida Braziliyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkin.

Canal+ xabariga ko'ra, agar Frantsiya shu oyda JCh-2026ga chiqsa, frantsuzlar 28 mart kuni Bostonda braziliyaliklar bilan o'ynaydi.

Braziliya terma jamoasi JCh-2026 final bosqichiga yo'l olishni allaqachon kafolatlagan. Frantsiya "D" guruhida peshqadamlik qilmoqda. JCh-2026 yo'llanmasini kafolatlash uchun qolgan ikki o'yinda bitta g'alaba qozonish kerak.

13 noyabr kuni Frantsiya Ukrainaga qarshi, 16 noyabrda esa Ozarbayjonga qarshi o'ynaydi.