Frantsiya chempionatining 4-turida “Marsel” o'z maydonida “Loryan”ni qabul qildi.

O'yin 4:0 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Grinvud, Pavar, Gomes va Ager o'z hisobiga bittadan gol yozdirib qo'ydi.

Bu natijadan so'ng “Marsel” 6 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda. “Loryan” esa 3 ochko bilan 16-pog'onani egallagan.