Bugun, 9 iyul kuni futbol bo'yicha jahon chempionatining birinchi chorak final bahsi bo'lib o'tadi. Unda Frantsiya va Marokash terma jamoalari kuch sinashishadi.

Tahlilchilarning prognoziga ko'ra, Frantsiya terma jamoasining asosiy vaqtda g'alaba qozonish ehtimoli 60,6% ni, uchrashuvning durang bilan yakunlanishi 25,2% ni, Marokashning g'alabasi esa 14,2% ni tashkil etadi.

Umumiy hisobda Frantsiyaning yarim finalga chiqish imkoniyati 75,7%, Marokashniki esa 24,3% deb baholanmoqda.

Manba: Stadion.uz