Frantsiya Kubogi: Yarim final juftliklari ma'lum bo'ldi

Payshanba, 5 mart kuni Frantsiya Kubogining 1/2 final bosqichiga qur'a tashlandi.
Unga ko'ra, «Lans» jamoasi «Tuluza» bilan to'qnash keladi, «Strasbur» esa «Nitstsa»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvlar 21 va 22 aprel kunlari bo'lib o'tadi.
O'tgan mavsumda «PSJ» Frantsiya Kubogi g'olibiga aylangan edi. Musobaqaning joriy mavsumida esa Parij klubi 1/16 final bosqichida «Parij» jamoasiga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etgan.
Manba: www.stadion.uz.