"PSJ" Frantsiya Kubogi 1/32 finali doirasida safarda "Fontene"ni yirik hisobda mag'lub etdi - 4:0.

Mehmonlar safida Gonsalu Ramush dubl qayd etgan bo'lsa, Dezire Due va Usmon Dembele bittadan gol urdi.

"PSJ" navbatdagi raqibini qur'a natijasiga ko'ra bilib oladi.

Frantsiya kubogi. 1/32 final

21 dekabr, 01:00

Fontene - PSJ - 0:4

Gollar: Due, 25 (0:1). Dembele, 34 - penaltidan (0:2). Ramush, 53 (0:3). Ramush, 58 (0:4)

PSJ: Marin, Boli (Joau Nevesh, 29), Ernandez, Beraldo, Zabarniiy, Mayulu, Zair-Emeri (Kamara, 61), Due (Ruis, 61), Ndjantu (Jangal, 46), Ramush, Dembele (Nsoki, 61)

Manba: www.stadion.uz.