Frantsiya terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichidagi barcha o'yinlarda g'alaba qozondi. Bunday holat jamoa uchun zafarli bo'lgan 1998 yilgi jahon chempionatidan beri kuzatilmagan edi.

Dide Desham jamoasi Norvegiya (4:1), Senegal (3:1) va Iroq (3:0) o'rin olgan "I" guruhida g'olib bo'ldi.

Frantsiya-2026 jahon chempionatlari tarixida barcha uchta o'yinda g'alaba qozonib, 10 va undan ko'p gol urishga muvaffaq bo'lgan ettinchi terma jamoaga aylandi.

Avvalgi oltita jamoadan faqat Braziliya-2002 chempion bo'lgan. Shuningdek, ushbu ro'yxatga Argentina-1930, Germaniya-1970, Polsha-1974, Braziliya-1982 va Niderlandiya-2014 kiradi.

Manba: Stadion.uz