Frantsiya terma jamoasi Jahon chempionatlari tarixida ketma-ket beshta uchrashuvda uchta yoki undan ko'p gol urgan ilk jamoa bo'ldi. Bu haqda Squawka ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

1 iyul kuni Frantsiya terma jamoasi Jahon chempionati–2026 1/16 finalida Shvetsiyani 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Bundan avval frantsuzlar ushbu mundialda Norvegiyani 4:1, Iroqni 3:0 va Senegalni 3:1 hisoblarida mag'lub etgan edi. Shuningdek, 2022 yilgi Jahon chempionati finalida Argentinaga mag'lub bo'lgan uchrashuvda ham Frantsiya asosiy va qo'shimcha vaqt davomida uchta gol urgandi (3:3, penaltilar — 2:4).

Shu tariqa, Frantsiya Jahon chempionatlari tarixida ketma-ket beshta bahsda kamida uchtadan gol urgan birinchi terma jamoa sifatida rekord o'rnatdi.

Jahon chempionati–2026 1/8 finalida Frantsiya 5 iyul kuni Paragvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz