Frantsiya terma jamoasi Jahon chempionatida 11 o'yindan buyon davom etib kelayotgan golli seriyasiga nuqta qo'ydi.

Dide Desham shogirdlari JCh-2026 yarim finalida Ispaniyaga 0:2 hisobida mag'lub bo'lishdi.

Frantsuzlar mundial doirasida so'nggi bor 2022 yilning noyabr oyida gol ura olishmagan edi — o'shanda ular Tunisga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan. Shundan so'ng Frantsiya terma jamoasi ketma-ket 10 ta o'yinda raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. Ushbu davr mobaynida jamoa 9 ta g'alabaga erishgan va faqat JCh-2022 finalida Argentinaga penaltilar seriyasida yutqazgan edi.

Manba: Stadion.uz