Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pedro Porro FIFA versiyasiga ko'ra Frantsiyaga qarshi kechgan o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ispaniyaliklar JCh-2026 yarim finalida frantsiyaliklarni 2:0 hisobida mag'lub etishdi.

Porro 58-daqiqada ispaniyaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi golni esa 22-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan hujumchi Mikel Oyarsabal kiritgan edi.

Manba: Stadion.uz