Frantsiya himoyachisi:

Frantsiya terma jamoasining markaziy himoyachisi Maksans Lakrua ispaniyalik vinger Lamin Yamalning yaqinda bergan bayonotiga javob qaytardi.
"Qizil Furiya" yulduzi 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalidan oldin frantsuzlar Ispaniyadan qo'rqishlari kerakligini aytdi.
"Biz qo'rqamiz, demagan bo'lardim. Biz o'z kuchli tomonlarimizni bilamiz. Ispaniyaning ham ajoyib tarkibi borligini bilamiz va ular juda yaxshi turnir o'tkazishdi. Biz maqsadimizga - g'alaba qozonishga e'tibor qaratmoqdamiz", - dedi frantsiyalik futbolchi.
Frantsiya va Ispaniya 14 iyul, seshanba kuni Jahon chempionati finaliga chiqish uchun kurash olib borishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar