Frantsiya futbolida tarixiy natija: «Strasbur» 26 yillik an'anani yangiladi

Frantsiyaning «Strasbur» klubi Konferentsiyalar ligasi javob chorak final uchrashuvida Germaniyaning «Maynts» jamoasi darvozasiga javobsiz to'rtta gol urdi. Shu tariqa, «Strasbur» Evropa futbolidagi nufuzi jihatdan uchinchi o'rinda turadigan turnirning keyingi bosqich yo'llanmasini naqd qildi.
Ma'lum bo'lishicha, «Strasbur» biror-bir Evropa turnirining yarim finaliga qadar etib borgan Frantsiyaning o'n uchinchi klubiga aylandi. Qizig'i shundaki, bungacha bunday natijani ilk bor qayd etgan so'nggi frantsuz klubi 2000 yilda «Lans» bo'lgan edi.
O'shanda Frantsiya klubi Londonning «Arsenal» jamoasiga duch kelib, UEFA Kubogi doirasidagi ikki o'yinda ham imkoniyatni boy bergandi. Biroq o'sha mavsum finalida «kanonirlar»ning o'zlari ham muvaffaqiyatsizlikka uchrab, «Galatasaroy»ga mag'lub bo'lishgan edi.