Frantsiya futbolchilari kasaba uyushmasi vakillarining noroziligi kuchaydi

Frantsiya futbolchilari kasaba uyushmasi vakillari terma jamoaning etakchi futbolchilarining so'nggi paytlarda olgan jarohatlari sabab bayonot bilan chiqishdi.
"Juda ko'p o'yinchilar futbol rahbariyatining xatolari uchun pul to'lamoqda. Taqvimlar o'yinchilar bilan maslahatlashmasdan yoki roziligisiz tuziladi.
Musobaqalar soni ko'paymoqda - bu faqat moliyaviy foyda bilan bog'liq", - deya bayonot matnidan iqtibos keltiradi L’Equipe.