Frantsiya futbol federatsiyasi Zidan bo'yicha shoshilmaydi

Zinedin Zidan Frantsiya terma jamoasining navbatdagi bosh murabbiyi bo'lish uchun asosiy nomzod bo'lib qolmoqda, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, federatsiya Deshamga hurmatni saqlagan holda Zidan bilan hozircha hech qanday shartnoma imzolagani yo'q.
Terma jamoa rahbariyati bor e'tiborini JCh-2026'ga qaratgan. Shundan so'ng yakuniy qaror qabul qilinadi.