Yozning birinchi kunida «Transfermarkt» mashhur portali Frantsiya chempionati futbolchilarining transfer qiymatlarini yangiladi.

So'nggi yangilanishlar natijasiga ko'ra, «PSJ» vingeri Xvicha Kvaratsxeliya narxi eng ko'p oshgan futbolchiga aylandi. Uning taxminiy qiymati 50 million evroga o'sib, 140 million evroga etdi.

Avvalroq Xvicha Kvaratsxeliya endi dunyoning eng qimmat 10 nafar futbolchisi safiga kirgani haqida xabar bergan edik.

Liga 1 da narxi eng ko'p oshgan futbolchilar reytingida ikkinchi o'rinni Kvaratsxeliyaning uch nafar jamoadoshi bo'lishib oldi, ularning har biri 30 million evroga qimmatlashdi. Bular: Vitinya (yangi narxi – 140 million evro), Joau Nevesh (140 mln) va Dezire Due (120 mln).