Frantsiya chempionatida allaqachon to'rtta tur o'tdi va rekord o'rnatildi. Bu vaqt davomida, ya'ni 36 uchrashuvda atigi uchta durang qayd etilgan.

Birinchi turda “Brest” va “Lill” o'zaro 3:3 hisobida durang o'ynashdi. Ikkinchi turda umuman durang qayd etilmagan bo'lsa, uchinchi turda “Anje” va “Renn” jamoalari ochko bo'lishishdi – 1:1.

Nihoyat, to'rtinchi turda "Anje" "Mets" bilan durang natija qayd etdi.

Amaldagi chempion “PSJ” 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.