Transfermarkt portali mutaxassislari Frantsiya chempionati klublari tarkibidagi ayrim futbolchilarning taxminiy narxlarini yangiladi. Oxirgi qayta baholash natijalariga ko'ra eng arzonlashgan futbolchi maqomini uch nafar futbolchi bo'lishib oldi. Ularning har biri 5 million evroga arzonlashdi.

Bu futbolchilar "PSJ"dan Uorren Zair-Emeri (yangi narxi - 50 million evro), "Marsel"dan Benjamen Pavar (20 million evro) va "Strasburg"dan Abakar Silla (5 million evro) hisoblanadi.

Yuqorida aytib o'tganimizdek, Frantsiya chempionatining eng qimmat futbolchisi Usmon Dembele bo'lib, u yaqinda "Oltin to'p" uchun ovoz berishda g'olib bo'lgan edi.