Jonatan Gradi Liga 1 doirasidagi o'yinning dastlabki daqiqasidayoq qizil kartochka oldi.

"Lans" himoyachisi "Renn"ning qarshi hujumini to'xtatib, 49-soniyada raqibni maydon markazida yiqitdi. Bosh hakam Basten Deshepi 32 yoshli frantsuzni darhol maydondan chetlatdi - bu 53-soniyada sodir bo'ldi.

E'tiborlisi, "Lans" o'yin oxirigacha gol o'tkazib yubormadi.

Gradini chetlatish XXI asrdagi Liga 1 dagi eng tezkor qizil kartochkalardan biridir. Uni Jan-Kler Todibo (2022 yilda 9 soniya), Maksim Spano (2014 yilda 39 soniya) va Benjamen Lekomt (2015 yilda 39 soniya) ortda qoldirgan.