"Monako" o'z maydonida "Metts"ni mag'lub etdi - 5:2.

Mezbonlar safida Ansu Fati dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir golga Mika Bieret va Jorj Ilenixenya mualliflik qildi, avtogol Koffi Kuao hisobiga yozildi. Mehmonlar safida esa Abib Diallo va Gote En o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

"Monako" ochkolarini 12 taga etkazib, Frantsiya chempionati turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. "Metts" (1) - oxirgi o'rinda.

Liga1, 4-tur
Monako - Metts - 5:2
21 sentyabr, yakshanba, «Stade Louis II»
Gollar: Diallo, 13 (0:1). Bieret, 28 (1:1). Fati, 46 (2:1). En, 67 - penaltidan (2:2). Fati, 83 (3:2). Kuao, 86 - avtogol (4:2). Ilenixenya, 90+3 (5:2)

Manba: www.stadion.uz.