Frantsiya chempionati. "Marsel" safardagi g'alaba evaziga peshqadamga aylandi

"Marsel" safarda Frantsiya chempionatining 6-turida "Strasbur"ni mag'lub etdi - 2:1.
Uchrashuvning 49-daqiqasida hisobni mezbonlar yarim himoyachisi Abdul Uttara ochdi. Ikkinchi bo'lim oxirida mehmonlar hisobni tenglashtirdi - Per-Emerik Obameyang gol urdi. O'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda himoyachi Mikael Murilo o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi va provansliklarga g'alaba keltirdi.
"Marsel" (12) ketma-ket uchinchi g'alabasini qo'lga kiritib, Liga1 peshqadamiga aylandi. "Strasbur" (12) esa beshinchi o'ringa tushib ketdi.
Manba: www.stadion.uz.