Frantsiya 118 yil ichida ilk bor rasmiy o'yinda 6 ta gol o'tkazib yubordi

Frantsiya terma jamoasi JCh-2026 turnirining 3-o'rin uchun kechgan bahsida Angliyaga imkoniyatni boy berdi (4:6).
«Uch ranglilar» o'z tarixida ikkinchi bor rasmiy o'yinda kamida 6 ta gol o'tkazib yubordi. 1908 yilning oktyabr oyida Olimpiada o'yinlarida Frantsiya Daniyadan yirik hisobda mag'lubiyatga uchragan edi (1:17).
Frantsiya oxirgi marta 1960 yilning oktyabr oyida Shveytsariyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida (2:6) o'z darvozasidan 6 ta to'p olib chiqishga majbur bo'lgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar