Jamoalar Belgiyaning Bryussel shahridagi "Rua Boduen - Koning Budeveyn" stadionida to'p surishdi. Uchrashuvni sloveniyalik Rade Obrenovich bosh hakam sifatida boshqarib bordi. Mehmonlar 1:0 hisobidagi g'alabani nishonlashdi.

Yagona golni 88-daqiqada francuzlar vingeri Maykl Olise o'z maydoni yarmidan to'p bilan dribling qilib borib urdi. Hujumchi Kilian Mbappe jarohat tufayli o'yinni o'tkazib yubordi.

Belgiya - Fransiya 0:1

Gol: Olise 88.

Belgiya: Lammens, Kastan, Mexele, Ngoy, Seys, Lavia, Tilemans, De Bryoyne, Godts, Moreyra, De Ketelare.

Fransiya: Menyan, Kalyulyu, Jake, Lakrua, Diuf, Kamavinga, Da Kunya, Akliush, Due, Barkola, Lepol.