Fransishku Konseysau «Yuventus»ni tark etib, «Liverpul»ga o'tishi mumkin

Turinning «Yuventus» klubida to'p surayotgan portugaliyalik vinger Fransishku Konseysauda Angliya Premer-ligasining top-klubida faoliyatini davom ettirish varianti paydo bo'ldi. Bu haqda Gazzetta dello Sport jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpul» 23 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. «Qizillar» Konseysau nomzodini 2025/2026 yilgi mavsum yakunida jamoani tark etadigan misrlik Muhammad Salohning o'rniga munosib ko'rishmoqda.
Fransishku o'tgan yilning yozidan beri «keksa sinora» sharafini himoya qilib kelmoqda. Portugaliyalik futbolchining transfer qiymati 30 million evroga baholanmoqda.