Frankning aytishicha, "Tottenxem" hozircha Chempionlar Ligasida o'ynashni o'rganmoqda

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Tomas Frank Chempionlar ligasida "Monako"ga qarshi kechgan o'yin natijasiga izoh berdi. Uchinchi turda kechgan bellashuvda kuchlar teng keldi - 0:0.
Mutaxassisning aytishicha, hozircha uning jamoasi Chempionlar ligasida o'ynashni endi o'rganmoqda, chunki bu turnirdagi har bir o'yin oson emas.
"Ta'kidlab o'tmoqchimanki, o'tgan mavsumda "Tottenxem" Premer-ligada 17-o'rinni egalladi, ammo Chempionlar ligasiga yo'llanma oldi. Hozir qadam-baqadam harakatlanyapmiz. Durang - omadsiz kunda erishishimiz mumkin bo'lgan eng yomon natija emas," - dedi Frank jurnalistlarga.
"Tottenxem" 3 turdan so'ng 5 ochko bilan Chempionlar ligasi turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda.