"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank Xavi Simonsning jamoadagi debyutida qanday o'yin ko'rsatgani haqida fikr bildirdi.

"Shporlar"ning yangi a'zosi Premer-liga doirasidagi "Vest Xem"ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi. 22 yoshli hujumkor yarim himoyachi golli uzatmani amalga oshirdi va 71-daqiqada zaxiraga olindi. Bahsda "Tottenxem" ishonchli g'alabaga erishdi - 3:0.

"Menga Simonsning o'yini yoqdi - ayniqsa, u to'pni qabul qilishda doim tashabbus ko'rsatdi. Birinchi golimizdan keyingi epizodda ajoyib assist. Ajoyib debyut," - dedi Frank o'yindan keyingi intervyusida.