Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Tomas Frank qishki transferlar davrida tarkib kuchaytirilishi haqida fikr bildirdi.

"Transfer bozoriga kelsak, ko'p marta aytganimdek, biz juda qattiq ishlayapmiz, tarkibni yaxshilashga harakat qilyapmiz", - deya Frankning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Frank joriy mavsum starti oldidan "Tottenxem" bosh murabbiyiga aylandi. Kecha oqshom "shporlar" o'z maydonida "Aston Villa"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, Angliya kubogini tark etishdi.