"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank Chempionlar ligasi doirasida Norvegiyaning "Budyo-Glimt" jamoasiga (2:2) qarshi o'yindan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Birinchi ta'kidlamoqchi bo'lgan jihatim shundaki, jamoaning ruhiyati va xarakteri namoyon bo'ldi. Biz kurashda davom etdik va bu bizga muhim durang keltirdi.

2:0 hisobida mag'lub bo'layotganimizni hisobga olsak, bu ijobiy holat. "Budyo-Glimt" ajoyib murabbiyga ega juda yaxshi jamoa.

Ular birinchi bo'limda bizdan yaxshiroq edi, ammo biz ikkinchi golni o'tkazib yuborganimizdan so'ng, frantsuzlar ikkinchi bo'limda bizdan o'zib ketdi", – dedi Frank.