"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank muxlislarga nisbatan tanqidiy fikrlarini bildirib o'tdi.

"Fulxem"ga qarshi derbidagi mag'lubiyatdan so'ng (1:2) Frank jamoa darvozaboni Gulelmo Vikarioga hushtakbozlik qilgan muxlislarni tanqid qildi.

"Agar siz meni muxlislarini yo'qotyapti demoqchi bo'lsangiz... bu qancha bo'ladi: 5, 10, 15, 20 foizmi? Albatta, biz barcha 100 foiz biz bilan bo'lishini istardik. O'ylaymanki, bizga ishongan barcha ajoyib muxlislar "shporlar"ning haqiqiy muxlisi ekanliklarini tushunishadi," - deya Frankning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

"Tottenxem" 13 turdan so'ng Angliya premer-ligasi turnir jadvalida 18 ochko bilan 12-o'rinda bormoqda.