France Football o'tgan yilning eng yaxshi frantsuz futbolchisini e'lon qildi

France Football jurnalistlari o'tgan yilning eng yaxshi frantsuz futbolchisi deb "PSJ" vingeri Usmon Dembeleni e'lon qildi.
Eslatib o'tamiz, vinger 2025 yilda "Oltin to'p" sohibiga aylangan edi. Parij grandi bilan birgalikda Usmon Frantsiya Liga 1 chempioni, Evropa Chempionlar ligasi g'olibi, shuningdek, yana bir qancha sovrinlar sohibi bo'ldi.
Frantsiya chempionatining joriy mavsumida 28 yoshli yarim himoyachi 9 ta o'yinda ishtirok etdi. Dembele 3 ta gol (2 tasi penaltidan) va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.