Fox News: Ispaniya terma jamoasi JCh-2026dagi g'alabasi uchun AQShga 15 million dollar soliq to'laydi

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) 2026 yilgi jahon chempionatidagi g'alabadan keyin AQSh byudjetiga 15 million dollar miqdorida soliq to'laydi. Bu haqda Fox News xabar berdi.
Manbaga ko'ra, odatda jahon chempionati tashkilotchilari mezbon davlatlar bilan ishtirokchi terma jamoalarni soliq to'lovlaridan ozod qilish bo'yicha kelishuv tuzadi. Biroq AQSh hukumati Ispaniya terma jamoasi futbolchilarini AQSh hududida daromad olgan alohida soliq to'lovchilar sifatida baholagan.
Jahon chempionati finalida Ispaniya terma jamoasi qo'shimcha vaqtda Argentina ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonib, jahon chempioni bo'lgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar