FourFourTwo tarixdagi eng yaxshi nemis futbolchilari reytingini tuzdi

FourFourTwo nashri tarixdagi eng yaxshi 10 nafar nemis futbolchisi reytingini e'lon qildi.
Ro'yxatda birinchi o'rinni «Bavariya»ning sobiq himoyachisi Frants Bekkenbauer egalladi. Ikkinchi pog'onadan ham myunxenliklar safida to'p surgan Gerd Myuller joy olgan. Kuchli uchlikni yana bir «bavariyachi» Lotar Matteus yakunlab berdi.
To'liq reyting quyidagicha ko'rinish olgan:
1. Frants Bekkenbauer
2. Gerd Myuller
3. Lotar Matteus
4. Filipp Lam
5. Uve Zeeler
6. Gyunter Nettser
7. Manuel Noyer
8. Miroslav Kloze
9. Frits Valter
10. Oliver Kan
Bekkenbauer Germaniya milliy jamoasi safida jahon chempionati va Evropa chempionatida g'olib chiqqan. «Bavariya»da esa u 13 ta sovrinni qo'lga kiritgan bo'lib, ular orasida uchta Evropa chempionlar kubogi ham bor.
Manba: championat.com