FourFourTwo: Simeone – EChLni yuta olmagan eng yaxshi murabbiy. Lobanovskiy – 3-o'rin, Allegri – 5-o'rin

Diego Simeone Evropa chempionlar ligasini yutmagan murabbiylar reytingida birinchi o'rinni egalladi.
«Atletiko» bosh murabbiyi FourFourTwo tomonidan tuzilgan ro'yxatda etakchilik qildi. Reyting tuzishda Evropa chempionlari Kubogi davri inobatga olinmadi, shuningdek, turnirda birorta o'yin o'tkazmagan murabbiylar hisobga olinmadi.
Reytingdan joy olgan murabbiylar:
1. Diego Simeone («Atletiko»).
2. Arsen Venger («Arsenal», «Monako»).
3. Valeriy Lobanovskiy («Dinamo Kiev»).
4. Bobbi Robson («Nyukasl», «Portu»).
5. Massimiliano Allegri («Milan», «Yuventus»).
6. Maurisio Pochettino («PSJ», «Tottenhem»).
7. Mircha Luchesku («Shaxtyor», «Dinamo Kiev», «Inter» va boshqalar).
8. Kenni Dalglish («Nyukasl»).
9. Otto Rexagel («Kayzerslautern», «Verder»).
10. Dide Desham («Monako», «Marsel»).
11. Unai Emeri («Aston Villa», «Spartak», «PSJ» va boshqalar).
12. Antonio Konte («Yuventus», «Chelsi», «Inter», «Tottenhem»).