Forlan Musleraning gol bilan yakunlangan xatosi sabablarini ochiqladi

Urugvay terma jamoasining sobiq hujumchisi Diego Forlan milliy jamoa darvozaboni Fernando Musleraning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz o'yini sabablari haqida gapirib berdi.
Darvozabon guruh bosqichi o'yinlarida o'z darvozasidan o'rin olgan kamida uchta to'pda bevosita aybdor bo'ldi. Ispaniya terma jamoasiga qarshi kechgan so'nggi bahsda u ispaniyalik Aleks Baenaning yo'llagan zarbasini qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi va to'pni o'tkazib yubordi.
Urugvay ushbu uchrashuvda 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi va guruhda uchinchi o'rinni egallab, pley-off bosqichiga chiqa olmadi. Forlanning ESPN telekanaliga ma'lum qilishicha, o'yin arafasida Musleraning tana harorati juda yuqori — taxminan 40-41 darajagacha ko'tarilgan.
Shu sababli darvozabonning o'zi uchrashuvning tanaffus paytida almashtirishlarini so'ragan, o'yindan so'ng esa Urugvay xalqidan uzr so'ragan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar