Forbsh Portugaliyaning Daniyaga qarshi o'yini uchun 7-raqamni oldi. Uning terma jamoa safida bor-yo'g'i bitta o'yini bor

Avvalroq ushbu raqam ostida milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan Krishtianu Ronaldu to'p surgan edi.
22 yoshli Forbsh hozirga qadar Portugaliya terma jamoasi safida faqatgina bitta uchrashuv o'tkazgan. U 2025 yilning noyabr oyida Armanistonga qarshi kechgan bahsda (9:1) ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushib, debyut qilgandi. E'tiborlisi, o'shanda Ronaldu diskvalifikaciya sabab uchrashuvni o'tkazib yuborgani bois, futbolchi aynan ettinchi raqamda harakat qilgan.
Ma'lumot o'rnida, Krishtianu 2003 yildan buyon Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilib kelgan. Bu vaqt mobaynida hujumchi 234 ta o'yinda maydonga tushib, 146 ta gol urdi va 45 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U milliy jamoa bilan birgalikda Evro-2016 g'olibiga aylangan hamda ikki bor Millatlar Ligasida zafar quchgan.
Kommentariyalar