Fonseka "Lion"ning "Betis"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyati sabablarini aytdi

"Lion" bosh murabbiyi Paulu Fonseka Evropa Ligasi umumiy bosqich 4-turidan o'rin olgan "Betis"ga (0:2) qarshi o'yindagi mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Lion" o'yinni juda yaxshi boshladi. Biz ko'p yaxshi ishlar qildik, lekin yakunlovchi zarba etishmadi. Ko'pincha raqib jarima maydonigacha etib bordik, ammo hujumni oxirigacha etkaza olmadik" - deya Fonsekaning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.