Germaniyalik hujumchi Kevin Folland professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini rasman e'lon qildi.

33 yoshli futbolchi murojaatida bu qarorni qabul qilish oson bo'lmaganini ta'kidlab, futbolda o'tkazgan 16 yili uchun minnatdorlik bildirdi.

«Ba'zan shaxsiy baxtingizga mos kelmaydigan qarorlarni qabul qilishga to'g'ri keladi. Baribir har bir futbolchining faoliyati bir kuni yakunlanadi — bu vaqt men uchun ham keldi. Futboldagi ajoyib 16 yil uchun rahmat. Bu men uchun haqiqiy bayram edi. Futbolni juda qattiq sog'inib qolaman», — dedi Folland.

Futbolchilik faoliyati davomida nemis hujumchisi 614 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 306 ta samarali harakat (gol va golli uzatma) qayd etdi.

Folland faoliyati davomida «Xoffenxaym», «Bayer», «Monako», «Union Berlin» va «Myunxen 1860» klublari sharafini himoya qildi.Germaniya terma jamoasi safida esa u 15 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.Futbolchining so'nggi klubi «Myunxen 1860» bo'ldi.

Manba: Stadion.uz