AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogun JCh-2026 birinchi turi doirasida Paragvayga qarshi kechgan (4:1) o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

«Monako» sharafini himoya qilayotgan 24 yoshli forvard dubl qayd etdi: u 31-daqiqada va birinchi bo'limga qo'shib berilgan beshinchi daqiqada gol urdi.

Balogun 72-daqiqada zaxiraga olindi. U uchrashuv davomida darvozaga jami beshta zarba yo'lladi.