Frantsiyaning "Renn" klubi markaziy yarim himoyasi Seko Fofana "Portu"ga o'tdi.

Portugal klubi 30 yoshli kot-d'Ivuarlik futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga oldi.

Qayd etilishicha, frantsuz klubi ijara uchun 2 million evro oladi. Mavsum yakunida "ajdarlar" futbolchini 17 million evroga sotib olishi mumkin.