«Oser» «Lozanna»dan Seku Fofanani sotib oldi. Kelishuv muddati hozircha ochiqlanmagan.

23 yoshli frantsiyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsumda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Shveytsariya klubi bilan bo'lgan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qilishi kerak edi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 800 ming evroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz