Filip Foden «Manchester Siti» bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytdirdi.

26 yoshli yarim himoyachi klub tarbiyalanuvchisi hisoblanib, butun faoliyatini «shaharliklar» tarkibida o'tkazgan.

«Siti» bilan u 20 ta sovrin, jumladan Angliyaning olti karra chempionligi va Chempionlar ligasidagi g'alabani qo'lga kiritgan.

O'tgan mavsumda Filip APLning 33 ta o'yinida 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz