Florian Virts: «Biz klub va muxlislar oldida qarzdormiz»

«Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virts Chempionlar ligasi chorak finalida «PSJ»dan uchralgan mag'lubiyatdan (0:2) so'ng jamoaning rejalari haqida to'xtaldi.
«Biz bor kuchimizni ishga soldik, lekin gol etishmadi. Futbolda gol urmasang, g'alaba qozona olmaysan. Endi bor e'tiborimizni chempionat yakuniga qaratamiz. Keyingi mavsumda albatta Chempionlar ligasida o'ynashimiz shart, biz muxlislar oldida qarzdormiz. Kuchli beshlikka kirish uchun oxirigacha kurashamiz», — dedi Virts.
Eslatib o'tamiz, ikki o'yin natijasiga ko'ra «Liverpul» musobaqani tark etdi. Hozirda mersisaydliklar APL turnir jadvalida 52 ochko bilan 5-o'rinda borishmoqda.