Florentsi: "Milan" ko'proq g'alabaga loyiq edi"

Italiya chempionatida 6-tur o'yinlari bo'lib o'tdi, ulardan eng asosiysi "Milan" va "Yuventus" o'rtasidagi bahs bo'ldi. O'yin golsiz durang bilan yakunlandi. Uchrashuv haqidagi fikrlari bilan "rossonerilar"ning sobiq futbolchisi Alessandro Florentsi o'rtoqlashdi.
"Milan" ko'proq g'alabaga loyiq edi. Amalga oshirilmagan penalti o'yinchilarning kayfiyatini buzdi. Ammo "Yuventus" maydonidagi ochko har qanday holatda ham yaxshi natija," - deya Alessandro Florentsining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, "Milan" oxirgi marta Stefano Pioli davrida - 2022 yilda Italiya chempioni bo'lgandi.