Florentsi faoliyatini yakunladi

Yozda "Milan"ni tark etgan italiyalik himoyachi Alessandro Florentsi butsalarini mixga ildi. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda. Ayni damda Florentsi 34 yoshda.
U faoliyati davomida beshta turli klubda o'ynagan: "Krotone", "Roma", "Valensiya", "PSJ" va "Milan". Bundan tashqari, u Italiya terma jamoasi safida 49 ta o'yinda maydonga tushgan.
Uning hisobida beshta sovrin bor. "Milan" tarkibida u Italiya chempioni bo'ldi, "PSJ" bilan birga Frantsiya kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, 2021 yilda Evropa chempionati oltin medalini qo'lga kiritdi. Yoshlar darajasida Florenzi "Roma" bilan Italiya chempionligini qo'lga kiritdi.
Kommentariyalar