«Real Madrid» klubi prezidenti Florentino Peres Vinisius Junior va Maykl Olise masalasida bir qarorga keldi.

Ayni paytda «qirollik klubi» oldida ikkita muhim vazifa turibdi. Birinchisi — Vinisius bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo'lsa, ikkinchisi — «Bavariya» hujumchisi Maykl Olisening transferini amalga oshirishdir. Klub prezidenti ushbu ikki masalada qay biri ustuvor ekanligini belgilab oldi.

Jurnalist Migel Serranoning xabar berishicha, Vinisius Junior bilan yangi shartnoma imzolash jarayoni Maykl Olisening ehtimoliy transferiga qaraganda ancha katta ahamiyatga ega. Peres aynan shunday qarorga kelgan va tanlovda braziliyalik yulduzni qo'llab-quvvatlagan.

Manba: Stadion.uz