«Real» rahbari Florentino Peres vinger Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor.

Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, «Real» prezidenti bir necha oy davomida braziliyalik futbolchi bilan kelishuvni uzaytirishni shaxsan talab qilib kelgan. Peres Vinisiusning imkon qadar tezroq yangi shartnomaga qo'l qo'yishini istaydi, biroq yakuniy qaror futbolchining ixtiyorida qolmoqda.

25 yoshli vingerning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida nihoyasiga etadi.

Joriy mavsumda Vinisius «Real» safida barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.