Madridning «Real» klubida yangi muammo paydo bo'ldi. Jamoada sardor tanlash borasida qiyinchiliklar kuzatilmoqda. Bu haqda Onda Cero nashri xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, klub prezidenti Florentino Peres Federiko Valverdening sardorlik roliga nomzodiga to'liq ishonmayapti. Shu sababli yangi mavsumda sardorlik bog'ichi kimga nasib etishi borasidagi masala ochiqligicha qolmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Valverde «Real» mashg'uloti vaqtida jamoadoshi Orelen Tchuameni bilan mushtlashib ketgan edi.

Manba: Stadion.uz